Главная » 2016 » Август » 20

Kaliningraddagi ko‘cha taomlari festivalida o‘zbekcha osh damlandi (foto)


  • Pro_eXclusive
  • 20 Авг 2016(11:26)
  • 119
  • 0
Rossiyaning Kaliningrad shahrida Street Food Kaliningrad 2016 shahar piknigi ochilish marosimida tashrifchilar uchun o‘zbekistonlik taniqli oshpaz Bahriddin Chustiy va “Vkusniy Uzbekistan” loyihasi ishtirokchilari osh pishirib berdi. Bu haqda ushbu loyihaning Facebook sahifasida ma’lum qilindi. Ta’kidlanishicha, rossiyaning eng g‘arbiy shahri aholisi va mehmonlari palovning uch xil: farg‘onacha, toshkentcha to‘y va samarqandcha turlarini tatib ko‘rish va taqqoslash imkoniyatiga ega bo‘lgan. Farg‘onacha va toshkentcha to‘y oshi O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan tayyorlangan bo‘lsa, “Pryanosti i Papa” restoran loyihasi tashabbuschisi kaliningradlik Katerina samarqandcha osh damladi. Yosh pazanda ushbu palov retsepti uchun ataylab Samarqandga borib kelganini ta’kidladi. Kaliningradda ushbu festival 16-avgustda boshlangan bo‘lib, 22-avgustga qadar davom etadi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar