Главная » 2016 » Август » 19

Kanada bosh vaziri Xitoydagi G20 sammitida qatnashishini tasdiqladi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(09:01)
  • 70
  • 0
Hukumat rahbari kanselyariyasida Tryudo 30-avgustdan 6-sentabrgacha Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘lishi, uning davomida Xanchjo shahridagi sammitda ham ishtirok etishiga aniqlik kiritishdi. Tashrif chog‘ida Kanada bosh vaziri Xitoy rahbarlari, ushbu mamlakat biznesi va jamoatchiligi vakillari bilan uchrashishi rejalashtirilgan. U Pekin, Shanxay, Xanchjo va Gonkongga boradi. “Xitoy bilan aloqalarning mustahkamlanishi bizdagi o‘rta sinf rivojlanishi va Kanada biznesi uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. Ushbu safari chog‘ida men Kanada va Xitoy o‘rtasida yanada yaqinroq va muvozanatlashgan munosabatlar o‘rnatilishiga harakat qilaman”, — dedi Tryudo.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar