Главная » 2016 » Август » 22

Kanada qurolli kuchlari Arktikada mashqlarni boshladi


  • Pro_eXclusive
  • 22 Авг 2016(12:28)
  • 109
  • 0
Kanada qurolli kuchlari o‘zining Arktikadagi mintaqalarida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va mamlakat suverenitetini himoya qilish bo‘yicha harakatlarni shakllantirishga qaratilgan mashqlarni boshladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. NANOOK 2016 kodli nom olgan mashqlarda 850 dan ortiq harbiy xizmatchi, shuningdek, turli fuqarolik muassasalari vakillari ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlar Arktikadagi Yukon va Nunavut hududlarida bo‘lib o‘tadi. Yukonda 21-avgustdan 2-sentabrgacha harbiy va fuqarolik xizmatlarining zilzila chog‘idagi birgalikdagi harakatlari sinovdan o‘tkaziladi. Nunavutda 24—29-avgust kunlari jangovar holatlarga yaqinlashtirilgan sharoitlarda bevosita harbiy mashqlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, askarlar qutqaruv operatsiyalarini amalga oshirish va chegaralarni qo‘riqlash bo‘yicha malakalarini takomillashtiradi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar