Главная » 2016 » Август » 19

Kiyevga uchayotgan samolyot Tel-Avivga avariya holatida qo‘ndi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(11:55)
  • 80
  • 0
UP aviakompaniyasining 18-avgust kuni kechqurun Tel-Avivdan Kiyevga uchib ketgan samolyoti Isroilning Ben-Gurion xalqaro aeroportiga eson-omon qo‘ndi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Yo‘lovchi va ekipaj a’zolaridan hech kimga zarar yetmadi. Ta’kidlanishicha, yo‘lovchilarning bir nechtasiga shok holatidan chiqish uchun mutaxassislar yordami kerak bo‘lgan. Samolyot Tel-Aviv—Kiyev reysini amalga oshirgan. U Isroildan 21:34 da uchib chiqqan, ammo 20 daqiqadan so‘ng uchish-qo‘nish yo‘lagidan shassi rezinasining bir bo‘lagi topilgan. Bortida 182 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot uchuvchilari o‘zlari uchib chiqqan aeroportga qaytishga qaror qilgan. Laynerni o‘nlab tez yordam va o‘t o‘chirish xizmati mashinalari kutib oldi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar