Главная » 2016 » Август » 20

Klinton AQSh saylovchilari o‘rtasida mashhurligi bo‘yicha Trampdan ustunligini oshirdi


  • Pro_eXclusive
  • 20 Авг 2016(11:37)
  • 62
  • 0
AQSh prezidentligi lavozimiga Demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton amerikalik saylovchilar o‘rtasida mashhurligi bo‘yicha respublikachilardan nomzod milliarder Donald Trampdan ustunligini oshirdi. Bu haqda Reuters Ipsos xalqaro ijtimoiy markaz tomonidan 19-avgust, juma kuni chop etilgan yangi umummilliy so‘rov natijalariga tayanib ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”. 14—18-avgust kunlari davomida olingan oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Klinton uchun noyabrdagi saylovlarda so‘rovda qatnashganlarning 42 foizi ovoz berishga tayyor. Trampni esa ularning 34 foizi qo‘llab-quvvatlash niyatida. Shu tariqa sobiq davlat kotibi milliarderdan 8 foizga o‘zib ketdi. Reuters va Ipsos’ning o‘tgan hafta oxirida keltirgan ma’lumotlarida nomzodlar o‘rtasidagi farq kamroq edi. So‘rovnomada ishtirok etganlarning 35 foizi Trampni qo‘llab-quvvatlab ovoz bergan bo‘lsa, Klinton uchun ularning 41 foizi ovoz berishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan edi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar