Главная » 2016 » Август » 17

Klinton AQSh sobiq ichki ishlar vazirini o‘tish guruhi rahbari etib tayinladi


  • Pro_eXclusive
  • 17 Авг 2016(10:22)
  • 81
  • 0
AQSh prezidentligiga demokratlardan nomzod Hillari Klinton saylovlarda g‘olib chiqqan taqdirda uning o‘tish guruhiga sobiq ichki ishlar vaziri, Kolorado shtatidan senator Ken Salazar boshchilik qiladi. Bu haqda 16-avgust, seshanba kuni Klintonning saylovoldi shtabi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.O‘tish guruhi hozirgi ma’muriyatdan Klinton ma’muriyatiga hokimiyat topshirilishi jarayonini tashkillashi lozim bo‘ladi. Unga AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Tomas Donilon, Klintonning maslahatchisi Neyera Tanden, Michigan shtati sobiq gubernatori Jennifer Grenxolm va Garvard siyosat instituti direktori Meggi Uilyams ham kirdi. Oldinroq AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp uning o‘tish guruhiga Nyu-Jersi shtati gubernatori Kris Kristi boshchilik qilishini ma’lum qilgandi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar