Главная » 2016 » Август » 21

Kolumbiyada Gabriel Garsia Markes tasviri tushirilgan kupyuralar muomalaga kiritildi


  • Pro_eXclusive
  • 21 Авг 2016(11:32)
  • 177
  • 0
Kolumbiyada 19-avgust, juma kuni Gabriel Garsia Markes tasviri tushirilgan kupyuralar muomalaga kiritildi. Banknota taqdimoti yozuvchi tug‘ilib-o‘sgan Arakataka shahri joylashgan departament poytaxti Santa-Martada o‘tkazildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. 50 ming peso nominalidagi kupyuraning old tomonida Markes portreti joylashtirilgan. Portret yonida Nobel mukofoti laureati bor qaddi-basti bilan, kapalaklar qurshovida turgani tasvirlangan. Buni uning mashhur “Yolg‘izlikning yuz yili” romaniga ishora tarzida qabul qilish mumkin. Banknotaning orqa tarafiga Kolumbiyaning chekka tog‘li hududi — Syerra-Nevada-de-Santa-Marta tub aholisiga mansub ikki hindu siymosi tushirilgan. Ular kupyuraga g‘oyib bo‘lgan sivilizatsiya xotirasi uchun joylashtirilgani bildirilmoqda.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar