Главная » 2016 » Март » 20

“Korzinka.uz” 1-aprel kuni chiqariladigan “gapiruvchi paketlar” uchun tanlov e’lon qildi


  • voydodaxek
  • 20 Мар 2016(13:24)
  • 587
  • 0

“Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘i 2015-yilning 1-aprel kuni cheklangan miqdorda “gapiruvchi” xaltalarni muomalaga chiqargan edi. “Bu yilgi paketlar Sizning so‘zlaringiz bilan “gapirishi”ni istaymiz. Shu munosabat bilan, paketlarimiz uchun muallif bo‘lishga taklif qilamiz”, — deyiladi tarmoqning Facebook’dagi e’lonida.

Xabar berishlaricha, xaridorlar tomonidan taklif qilingan eng kulguli 12 ta ibora supermarketning 1-aprel kuni chiqariladigan paketlarida foydalaniladi, iborasi tanlab olingan mualliflar esa Next savdo-ko‘ngilochar markazidagi Korzinka.uz’dan mahsulotlar xarid qilish uchun 100 ming so‘mlik vaucher bilan taqdirlanadi.

“Tanlov 20-mart kuni ham davom etadi. Hajviy salohiyatingizni to‘liq ishga solib, tanlovimizda ishtirok eting!”, — deyiladi supermarketlar tarmog‘ining Facebook’dagi e’lonida.

Теги: “Korzinka.uz” 1-aprel kuni chiqaril

Всего комментариев: 0
avatar