Главная » 2016 » Сентябрь » 15

Krishtianu Ronaldu karyerasidagi o‘sishga sabab bo‘lgan “Sporting”ga navbatdagi golini urib, uni nishonlamadi


  • Pro_eXclusive
  • 15 Сен 2016(15:49)
  • 481
  • 0
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 1-turida gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U to‘p surayotgan Madridning “Real” klubi “Sporting”ga qarshi uchrashuvning 88-daqiqasida ham hisobda ortda borayotgandi. Ronaldu 89-daqiqadagi super zarbasi bilan hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 95-daqiqada Alvaro Morata “Real”ga g‘alaba keltirgan golni urdi. Krishtianu Ronaldu “Sporting” darvozasiga urilgan golini nishonlamadi, balki qo‘llarini tepaga ko‘tarib, Portugaliya klubi muxlislaridan uzr so‘radi. U 1997—2002-yillar oralig‘ida “Sporting” sharafini himoya qilgan bo‘lib, keyinchalik Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bilan shartnoma imzolagandi.

Теги: Krishtianu Ronaldu karyerasidagi o‘, uni nishonlamadi

Всего комментариев: 0
avatar