Главная » 2016 » Август » 21

Los-Anjeles yaqinidagi tungi klubda otishma sodir bo‘ldi, ikki kishi o‘ldirildi


  • Pro_eXclusive
  • 21 Авг 2016(11:29)
  • 106
  • 0
AQShning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahri tashqarisidagi tungi klubda 20-avgust, shanba kuni otishma sodir bo‘ldi, deb yozadi “TASS” Los Angeles Times gazetasiga tayanib. Otishmani boshlagan deya taxmin qilinayotgan ikki erkak o‘ldirildi, ikki soqchi yaralandi. Hodisa ertalab, hali tong yorishmaganida sodir bo‘lgan. Bu vaqtda tungi klubda taxminan 15 kishi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishni ikki erkak boshlagan, ular voqea joyida klubning qurollangan soqchilari tomonidan o‘ldirilgan. Soqchilarning o‘zlari esa yaralangan va kasalxonaga yetkazilgan. O‘t ochganlar qanday maqsadni ko‘zlagani hozircha ma’lum qilinmayapti. Hodisa joyida politsiya tergovchilari ishlamoqda.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar