Главная » 2016 » Март » 19

Mart oyining oxirida Toshkentda yapon kinosi kunlari o‘tkaziladi


  • News
  • 19 Мар 2016(08:33)
  • 224
  • 0
Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi 25–27-mart kunlari Toshkentda yapon filmlari kunlarini o‘tkazadi.

Elchixona bergan ma’lumotga ko‘ra, tadbir doirasida Kinochilar uyida beshta badiiy va ikkita animatsion film ko‘rsatiladi.

Yapon kinosi kunlari 25-martda mashhur rejissor va dramaturg Kendzi Nakanisining “Gullar mavsumidan so‘ng” filmi (2009) bilan ochiladi.

26-mart kuni Makoto Sinkayning “Olis yulduz sadosi” (2002), Osamu Tedzukaning “Astoroboy” (1981) animelari, Sinobu Yagutining “Suzuvchilar” (2001), Ryuiti Inomataning “Xattot qizlar” (2010) filmlari namoyish etiladi.

Yakuniy 27-mart kuni namoyish etiladigan kartinalar: soat 13:00 da Masaxiko Sugavaning “Asaxiyama hayvonot bog‘i: Osmondagi pingvinlar” (2008), Kendzi Nakanisining “Gullar mavsumidan so‘ng” (2009), Takasi Yamadzakining “Har doim: Uchinchi avenyuda kun botishi” (2005) filmlari namoyish etiladi.

Kino namoyishlariga kirish bepul.

Kunning boshqa qiziqarli yangiliklarini Telegram messengeridagi Official canalimiz @VOYDODATVda kuzatib boring!

Теги: Mart oyining oxirida Toshkentda yap

Всего комментариев: 0
avatar