Главная » 2016 » Сентябрь » 14

Maymunlar neyrointerfeys yordamida “Gamlet”ning matnini ko‘chirib yozdi


  • Pro_eXclusive
  • 14 Сен 2016(08:53)
  • 106
  • 0
Stenford universitetining Bio-X instituti olimlari daqiqasiga 12 ta so‘z tezligida harf terish imkonini beruvchi “miya-kompyuter” neyrointerfeysini ishlab chiqdi, deb yozadi TJournal. Ishlanmani ikkita maymunda muvaffaqiyatli sinab ko‘rishdi. Yangi ishlanma multielektron sensorga asoslangan. U bosh miyaga implantatsiya qilinadi va harakat qobig‘idan kompyuter sichqonchasini boshqaruvchi qo‘l harakati uchun javob beradigan signallarni bevosita o‘qiydi. “Miya-kompyuter” signallarni ekranda kursorni boshqaradigan dasturiy instruksiyalarga o‘tkazadi, bu klaviaturadan zarur harflarni tanlash imkonini beradi. Daqiqasiga 12 ta so‘zdan iborat harf terish tezligi bugungi kunda rekord hisoblanadi. Muallif so‘zlariga ko‘ra, bu “ongli suhbat” uchun yetarli bo‘ladi. Ishlanma, avvalambor, falaj kishilarga yordam berishi kerak. Neyrointerfeysni olimlar sensorlar o‘rnatilgan ikkita rezus makakalarda sinab ko‘rdi. Kursor yordamida harflarni tanlash o‘rgatilgan maymunlar New York Times va “Gamlet”dan olingan parchalarni ko‘chirib yozdi. Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, falaj kishilar maymunlarga qaraganda sekinroq harf terishi mumkin, chunki ular so‘z tanlaydi va imlo haqida o‘ylaydi. Harf terish tezligini oshirish uchun olimlar “miya-kompyuter”ga smartfonlarda mavjud bo‘lgan so‘z taklif qilish funksiyasini qo‘shmoqchi.

Теги: Maymunlar neyrointerfeys yordamida

Всего комментариев: 0
avatar