Главная » 2016 » Сентябрь » 17

Moskvada ilk bor “KurbanFEST” musulmon festivali o‘tkaziladi


  • Pro_eXclusive
  • 17 Сен 2016(15:53)
  • 491
  • 0
Moskvadagi G‘alaba madaniyat va istirohat bog‘ida ilk bor “KurbanFEST” festivali o‘tkaziladi. Uning kuz faslidagi eng yirik musulmon madaniy-ommaviy tadbirlarlardan biri bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Moskva musulmonlari diniy boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. Tashkilotchilar mehmonlarni taniqli kishilar bilan qiziqarli uchrashuvlar, musulmon xalqlar madaniyati bilan tanishuv, tanlovlar va bolalar uchun sovg‘alar, ko‘rgazma va masjidga sayohat kutayotganini bildirmoqda. Shuningdek, bayram konserti va bepul yeguliklar tortiq etilishi ham ko‘zda tutilgan. Ma’lumot uchun, “KurbanFEST” festivali 12-sentabr, qurbon hayiti nishonlangan kun Boshqirdiston poytaxti Ufada ham bo‘lib o‘tgandi.

Теги: Moskvada ilk bor “KurbanFEST” musul

Всего комментариев: 0
avatar