Главная » 2016 » Сентябрь » 6

Moskvada “Shahar kuni” tadbirida bepul Wi-Fi nuqtalari ishga tushadi


  • Pro_eXclusive
  • 06 Сен 2016(17:21)
  • 257
  • 0
Moskva markazida 10—11-sentabr kunlari o‘tkaziladigan “Shahar kuni” tadbirida 200 ga yaqin bepul simsiz internetga ulanish nuqtalari ishga tushadi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda. “Pudratchi hududlarni tekshirish va jihozlarni o‘rnatishga kirishdi. ‘Shahar kuni’ markazda joylashgan bayram maydonlarida moskvaliklar yangi servisni bevosita faoliyatda ko‘rishlari — tadbirlar dasturiga qarab mo‘ljal olish, shahar videokuzatuvlar tizimidagi kameralardan videotranslyatsiyani kuzatishi, ijtimoiy tarmoqlarda fotosuratlar bilan bo‘lishishi mumkin”, — deyiladi Moskva meriyasining rasmiy saytida. Tadbir kunlari bir vaqtning o‘zida 15 minggacha foydalanuvchi soniyasiga kamida 1 megabit tezlikda internetga ulanishi mumkin. Jami “Shaharda Wi-Fi” dasturi doirasida 1,1 ming bepul internetga ulanish nuqtalari o‘rnatiladi. Ular 2017-yil boshlarida to‘liq ishlab ketishi kutilmoqda.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar