Главная » 2016 » Март » 12

Munisa Rizayeva: 30 ga kirdim, turmush o‘rtoq tanlash masalasi juda qiyin bo‘lyapti


  • Admin
  • 12 Мар 2016(20:28)
  • 538
  • 0

Xonanda Munisa Rizayeva san’atini tushunadigan insonga turmushga chiqishni istashini aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Bekajon” gazetasi.
“Ilk marotaba 15 yoshimda sovchi kelgandi, shunda ota-onam: ‘Qizimizni hali turmushga bermaymiz’, — deyishgan. Hozir ham sovchilarning keti uzilmayapti. 30 ga kirdim, turmush o‘rtoq tanlash masalasi men uchun juda ham qiyin bo‘lyapti”, — dedi xonanda.

“Yosh o‘tgan sari turmushga chiqish qiyin bo‘larkan. Chunki borgan sari aqlingizni tanib borasiz, tanlovda u insonning yaxshi tomonlaridan ko‘ra yomon tomonlari ko‘rinaveradi. Hozir shu haqda juda ko‘p o‘ylayapman. Bu bir umrlik savdo degani, tavakkal qilib bo‘lmaydi”, — dedi Munisa Rizayeva.

“Agar turmush o‘rtog‘im: ‘Yo oilani, yo san’atni tanla’, deb shart qo‘ysa, oilani deb san’atdan voz kechishim mumkin. Lekin san’atimni tushunadigan, qiziqishlarimni qadrlaydigan insonga turmushga chiqishni xohlayman. Chunki san’at — mening hayotim”, — deya qo‘shimcha qildi Munisa Rizayeva.

Теги: Munisa Rizayeva: 30 ga kirdim, turmush o‘rtoq tanlash masalasi jud

Всего комментариев: 0
avatar