Главная » 2016 » Март » 12

Munisa Rizayeva ochayotgan do‘koni boshqa san’atkorlarniki kabi kasodga uchramasligiga umid bildirdi


  • Admin
  • 12 Мар 2016(20:30)
  • 442
  • 0

Xonanda Munisa Rizayevaning Monis nomli ayollar do‘koni ochilish arafasida turibdi. Bu haqda xonanda “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Shu bilan birga do‘konda modalar uyi ham faoliyat yuritadi. Bunda mijozlarning istagiga qarab, o‘zi istagan uslubda kiyimlar tikiladi”, — dedi Munisa Rizayeva.“Ha, do‘konimga deyarli barcha liboslarni keltirib bo‘ldim. Do‘kon yaqin kunlarda ish boshlaydi. Unda dizaynerlar tikkan kiyimlar, chet eldan keltirilgan kolleksiyalar, sumka va poyabzallar sotiladi”, — dedi xonanda Munisa Rizayeva.

“Xudo xohlasa, do‘konim kasodga uchrab, yopilib ketmaydi, deb umid qilaman. Do‘kon bilan birga modalar uyi ham faoliyat ko‘rsatadi, shu sababli doim mijozlarimiz bo‘ladi, deb niyat qilaman”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.

Теги: Munisa Rizayeva ochayotgan do‘koni

Всего комментариев: 0
avatar