Главная » 2015 » Март » 26

Munisa Rizayeva Pepsi’ning O‘zbekistondagi yuziga aylanadi


  • Admin
  • 26 Мар 2015(21:39)
  • 3886
  • 0

19-mart kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Discovery do‘konida Munisa Rizayevaning yangi albomlari — qo‘shiqlar va konsert dasturi diski taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Sayyod.com”. Unda xonanda o‘z muxlislari hamda jurnalistlar savollariga javob berdi.

Munisa Rizayeva savollarga javob berar ekan, o‘zini hech qachon “piar” qilmasligi, uni bunda bekorga ayblashlarini aytdi.

“Yaqinda ‘Shadozi’ to‘y liboslari do‘koni yuzi sifatida reklamalarda paydo bo‘ldim, biroq buni ko‘pchilik noto‘g‘ri tushunib, meni to‘yi bo‘ldiga chiqarishdi”, — dedi xonanda.

Munisa endi Pepsi brendining O‘zbekistondagi yuziga aylanishi, bu borada kompaniya bilan shartnoma tuzganini qayd etdi. “Bu safar ham men haqimda Pepsi bilan bog‘liq mish-mishlar chiqmasligi uchun oldindan ogohlantirib qo‘ymoqdaman: endi meni Pepsi reklama bannerlarida ham ko‘rasiz, men bu kompaniyaning yuziga aylanaman”, — deya ta’kidladi u.

Теги: Munisa Rizayeva Pepsi’ning O‘zbekis

Всего комментариев: 0
avatar