Главная » 2015 » Июль » 10

Namanganda yashovchi erkak o‘nlab yillar davomida noqonuniy qurol saqlab kelgani uchun jazolandi


  • News
  • 10 Июл 2015(12:11)
  • 419
  • 0
Chust tumanidagi qishloqlardan birida yashovchi erkak qariyb o‘nlab yillar davomida uyida noqonuniy ravishda qurol saqlab kelgan ekan.

Sud davomida erkak qurolni otasidan qolgan eski uyni buzayotganida topib olganini, hatto ayoliga ham ko‘rsatmay, berkitib qo‘yganini aytdi. Erkak yana ov qurolidan foydalanmaganligi, uning hech qanday hujjati yo‘qligi va uni saqlash qonunga zidligidan bexabar ekanligini qo‘shimcha qildi.

Gazeta bergan ma’lumotga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan uyushtirilgan tadbir davomida uning yashash xonadonida 1931-yilda ishlab chiqarilgan, bir stvolli ov miltig‘i noqonuniy ravishda saqlanayotgani aniqlandi.

Sud uning sodir etgan jinoyatidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, muqaddam sudlanmaganligini, yashash joyidan ijobiy tavsiflanganini jazoni yengillashtiruvchi holat deb topib, jazo tayinladi. U eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida jarima jazosiga tortildi. Ashyoviy dalil sifatida olingan qurol davlat egaligiga o‘tkazildi.

Manba: Daryo.uz

Теги: Namanganda yashovchi erkak o‘nlab y

Всего комментариев: 0
avatar