Главная » 2016 » Август » 24

Nanorobotlar saratonni davolashga yordam beradi


  • Pro_eXclusive
  • 24 Авг 2016(09:40)
  • 165
  • 0
Monreallik (Kanada) olimlar saraton xastaliklarini davolash samaradorligini oshirib, kimyo terapiya oqibatlarini kamaytirishga yordam beradigan nanorobotlar yaratdi. Bu haqda “Hi-Tech.Mail.ru” xabar bermoqda. Robotlar hivchinli bakteriyalar, magnit zarralari zanjiri va turli datchiklardan yasalgan bo‘lib, ular organizmda saraton hujayralarini topishda yordam beradi. Zararlangan to‘qimalar aniqlangach, uskunalar u yerga preparatlarni yetkazadi. Nanorobotlar yordamida kimyo terapiyasida zarur bo‘lgan toksinlar dozirovkasini jiddiy tarzda kamaytirish mumkin, negaki ular bevosita o‘simtaga yetkaziladi. Shu tariqa, mijozlar davolanish vositalarining aks ta’siridan — boshqa organlarning zararlanishidan, ko‘ngil aynishi va soch to‘kilishidan kamroq aziyat chekadi. Texnologiya sichqonlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi. Uni ko‘plab tadqiqot kompaniyalari, shifoxona va klinikalar qo‘llab-quvvatladi. 2013-yilda Janubiy Koreya vakillari shunga o‘xshagan texnologiya uchun patent olgan edi. Ular taklif qilgan nanorobotlar biroz boshqacha qurilishga ega bo‘lib, faqat katta o‘simtalarni topa olar edi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar