Главная » 2016 » Март » 19

Navro‘z bayramida Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport vositalari harakati cheklanishi ma’lum qilindi


  • News
  • 19 Мар 2016(08:58)
  • 390
  • 0
Toshkent shahar hokimining joriy yil 18-martida imzolangan 244-sonli qaroriga ko‘ra, Navro‘z bayramini o‘tkazish vaqtida yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida bir qator ko‘chalarda transport harakatining cheklanishi belgilandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qilgan.

Jumladan, 21-mart kuni soat 06:00 dan 16:00 ga qadar Bunyodkor shoh ko‘chasining Muqimiy ko‘chasi bilan kesishuvidan to Qoratosh ko‘chasi bilan kesishuvigacha;

Qoratosh ko‘chasining Samarqand darvoza ko‘chasi bilan kesishuvidan Bunyodkor shoh ko‘chasi bilan kesishuvigacha;

O‘zbekiston ko‘chasining Bunyodkor shoh ko‘chasi bilan kesishuvidan to Olmazor ko‘chasi bilan kesishuvigacha;

Bobur ko‘chasining O‘rikzor ko‘chasi bilan kesishuvidan Sharshara ko‘chasi bilan kesishuvigacha;

Beshyog‘och ko‘chasining O‘zbekiston ko‘chasi bilan kesishuvidan Furqat ko‘chasi bilan kesishuvigacha;

Furqat ko‘chasining Sharshara ko‘chasi bilan kesishuvidan Navoiy ko‘chasi bilan kesishuvigacha;

Olmazor ko‘chasining O‘zbekiston ko‘chasi bilan kesishuvidan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishuvigacha;

Baynalmilal ko‘chasining Bunyodkor shoh ko‘chasi bilan kesishuvidan Beshyog‘och ko‘chasi bilan kesishuvigacha bo‘lgan qismlarida, shuningdek, Sebzor hamda Zarqaynar ko‘chalarining tunnelga kirish joyidan boshlab transport harakati to‘xtatiladi.

Qarorda bayram tadbirlari hamda xalq sayllari o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan Sebzor ko‘chasining O‘zbekiston Davlat sirki maydoniga tutash qismi, Toshkent hayvonot bog‘iga tutash Bog‘ishamol ko‘chasi, “Baxt diyor” guzari oldi maydoniga tutash Shokirariq ko‘chasi, Markaziy zobitlar uyi (sobiq “Aviasozlar” saroyi), Mirzo Ulug‘bek, Bobur, G‘afur G‘ulom nomidagi, shuningdek Gulshan, Furqat, Suvchi dahasidagi “Quyoshcha nuri” istirohat bog‘lariga tutash ko‘chalarda ham vaziyat taqozo etganda yo‘llarda harakatlanishning cheklanishiga ruxsat berilishi ko‘rsatilgan.

21-mart kuni soat 06:00 dan 16:00 gacha metroning “Milliy bog‘” hamda “Bunyodkor” bekatlarining “Istiqlol” san’at saroyi tomoni yopiladi.

Qarorda tegishli jamoat transporti xizmati tashkilotlariga tadbirlar hamda sayllar yakunlanishi vaqtida xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalarining sonini oshirish vazifasi yuklatilgan.

Kunning boshqa qiziqarli yangiliklarini Telegram messengeridagi Official canalimiz @VOYDODATVda kuzatib boring!

Теги: Navro‘z bayramida Toshkentning ayri

Всего комментариев: 0
avatar