Главная » 2016 » Август » 20

Niderlandiyada politsiya iti 1,5 million dollar va 13 kilogramm kokainni topishda yordam berdi


  • Pro_eXclusive
  • 20 Авг 2016(11:29)
  • 82
  • 0
Politsiya iti Amsterdam (Niderlandiya) huquq-tartibot vakillariga narkodilerlar mashinasining zaxira g‘ildiragida bo‘lgan yirik miqdordagi pullarni topishda yordam berdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda. The Associated Press agentligiga ko‘ra, it sababli politsiya nafaqat jami salkam 1,5 million dollar yashiringan shubhali o‘ramni topish, balki 13 kilogramm kokainni musodara etishga muvaffaq bo‘ldi. Operatsiya chog‘ida Albaniyaning uch nafar fuqarosi — ikki erkak va bir ayol qo‘lga olindi. Ular narkotiklar tarqatish bilan shug‘ullangani taxmin qilinmoqda.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar