Главная » 2016 » Март » 21

Nokia 60 ming dollarlik virtual reallik kamerasini chiqardi


  • News
  • 21 Мар 2016(15:05)
  • 431
  • 0
Nokia kompaniyasi OZO virtual reallik kamerasini taqdim etdi, uning narxi 60 ming dollarni tashkil qiladi.

Kamerani ishlab chiqish bilan Nokia’ga 2014-yil iyulida ishga o‘tgan Dolby Laboratories sobiq xodimi Remzi Xaydamus shug‘ullandi. U kompaniya laboratoriyasiga tashrif buyurib, virtual reallik kamerasining ilk prototipini topib oldi. U, muhandis so‘zlariga ko‘ra, sakkiz ko‘zli o‘rgimchak ko‘rinishda bo‘lgan.

Bir yarim yil o‘tib, ushbu “o‘rgimchak” 2K×2K o‘lchamidagi sakkizta sinxronlangan obyektivga ega qovun kattaligidagi kulrang shar — Nokia OZO’ga aylandi. Unga 500 Gb hajmli xotira moduli o‘rnatiladi, u 45 daqiqa davomida tasvirga olish natijasida to‘ladi, og‘irligi esa 4,2 kilogrammni tashkil etadi.

Bugungi kunda virtual reallikdagi roliklarni suratga olish uchun ko‘pincha o‘ziga xos tarzda joylashgan Go-Pro ekshn-kameralari hamda tovush va boshqa narsalarni yozib olish uchun qo‘shimcha uskunalar qo‘llaniladi. OZO’da esa barcha zarur kameralar ham, ovoz yozib oluvchi qurilmalar ham bor.

Kunning boshqa qiziqarli yangiliklarini Telegram messengeridagi Official canalimiz @VOYDODATVda kuzatib boring!

Теги: Nokia 60 ming dollarlik virtual rea

Всего комментариев: 0
avatar