Главная » 2016 » Август » 23

Nokia yangi smartfonlarini 2016-yil oxirigacha chiqaradi


  • Pro_eXclusive
  • 23 Авг 2016(10:21)
  • 166
  • 0
Nokia’ning Xitoydagi bo‘linmasi direktori Mayk Von kompaniya 2016-yilning to‘rtinchi choragida yangi smartfonlarni chiqarishni rejalashtirayotganini aytdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Mayk Von, shuningdek, yangi smartfonlar taqdimoti qurilmani ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish jarayoni cho‘zilib ketishi tufayli, kechiktirilishi mumkinligini ta’kidladi. Ayni paytda Nokia brendi ostidagi mobil qurilmalarni ishlab chiqarish bilan HDM Global kompaniyasi va Foxconn zavodi shug‘ullanmoqda. Nashr eslatishicha, avvalroq yangi Nokia smartfonlarining o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Ularga ko‘ra, qurilma 5,2 va 5,5 dyuymli va 2560×1440 pikselli QHD-ekran, to‘rt yadroli Qualcomm 820 protsessori, 22,6 megapikselli asosiy kameraga ega bo‘ladi va Android 7.0 Nougat operatsion tizimida ishlaydi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar