Главная » 2016 » Сентябрь » 7

“O‘zbekiston havo yo‘llari”ning “Orzu layneri” ilk xalqaro parvozini Qozog‘istonga amalga oshiradi


  • Pro_eXclusive
  • 07 Сен 2016(15:08)
  • 462
  • 0
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining “Orzu layneri” — Boeing 787 Dreamliner 9-sentabr kuni o‘zining ilk xalqaro parvozini amalga oshiradi. Milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, layner 9-sentabr kuni mahalliy vaqt bilan 19:10 da Toshkentdan Olmaotaga uchib, 21:40 da manzilga yetadi. 22:40 da esa Olmaotadan Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab havoga ko‘tariladi va 23:20 da O‘zbekiston poytaxtiga yetib keladi. Eslatib o‘tamiz, 30-avgust kuni O‘zbekistonga yetib kelgan yangi samolyot 5-sentabr kuni ichki yo‘nalishlarda dastlabki reyslarini amalga oshirgan edi. Qayd etish joiz, mazkur layner 9-sentabr kuni mahalliy yo‘nalishlarda ham parvoz qilishi rejalashtirilgan. Jumladan, 9-sentabr kuni Dreamliner mahalliy vaqt bilan 8:10 da Toshkentdan Navoiyga, 9:55 da Navoiydan Nukusga, 12:00 da esa Nukusdan Toshkentga uchishi ko‘zda tutilgan.

Теги: “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning “Or

Всего комментариев: 0
avatar