Главная » 2015 » Декабрь » 6

O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov soatlab kuttiradigan yosh aktyorlarning ismlarini sanab o‘tdi


  • News
  • 06 Дек 2015(19:53)
  • 731
  • 0
O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov bir qator yosh aktyor va aktrisalarni tasvirga olish maydonchasiga aytilgan vaqtdan kechikib kelishini tanqid ostiga olib, ularni “mahoratiga emas, qosh-ko‘ziga ishonadigan aktyorlar” deb atadi.

“Rejissor Ibrohim Rasulovning filmini tasvirga olish jarayonida aktyor Umid Iskandarovni ikki soat kutdim. Oxiri mashinaga o‘tirib ketayotganimda, pista chaqib kelayotganiga ko‘zim tushib qoldi. U o‘zidan katta san’atkorni kuttirish qanday bo‘lishini o‘zi uchun bilib oldi”, — dedi Erkin Komilov.

“Gulchehra Eshonqulovani ham soatlab kutish ‘baxtiga muyassar’ bo‘lganman. Bu aktrisaga ham ish va o‘zidan katta aktyorga bo‘lgan munosabatiga yarasha muomala qilganman. Men betakrorman, qabilida ish tutish yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi”, — deydi O‘zbekiston xalq artisti.

“Rejissor Hamid Qahramonovning bir filmida suratga tushayotgandim. Suratga olish maydonchasida Adiz Rajabov degan aktyorni ikki soatdan ortiq poyladim. Rejissor har qo‘ng‘iroq qilganida, ‘mana yetib keldim’, deydi. Bu aktyorlar mahoratiga emas, qosh-ko‘ziga ishonishi turgan gap”, — deya qo‘shimcha qildi Erkin Komilov.

Теги: O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komi

Всего комментариев: 0
avatar