Главная » 2016 » Август » 19

O‘zbekistonda 18-avgust kuni eng kuchli shamollar Jasliqda kuzatildi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(13:10)
  • 118
  • 0
Samarqand va Andijon shaharlarida 18-avgust kuni havo harorati +33 darajagacha ko‘tarildi. “O‘zgidromet” axborotiga ko‘ra (pdf), bu O‘zbekiston viloyat markazlari orasida payshanba kuni qayd etilgan eng salqin havo bo‘ldi. Shu kuni Navoiy, Namangan, Farg‘ona shaharlarida havo haroratining eng yuqori ko‘rsatkichi +34 darajani, Toshkent, Nukus, Urganch, Buxoro, Jizzax, Guliston, Qarshi shaharlarida +35 darajani tashkil etdi. Surxondaryo viloyati ma’muriy markazi Termiz shahri 18-avgust kuni O‘zbekiston viloyat markazilari orasida eng issig‘i bo‘ldi — shu kuni shaharda havo harorati +37 darajagacha ko‘tarilgan. Qayd etish joiz, Buxoro viloyatining Qorako‘l, Navoiy viloyatining Tomdibuloq va Buzaubay shaharchalarida ham harorat +37 darajagacha ko‘tarilgan. Samarqand va Andijon viloyat markazlari orasida eng salqini bo‘lgan bo‘lsa, tog‘li hududlar, xususan, Qamchiq dovoni (+19 daraja) va Chimyon yon-bag‘irlari (+24 daraja) harorati +25 darajaga ham yetgani yo‘q, Angren shahrida +31 darajani tashkil etdi. Qayd etish joiz, 18-avgust kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik qariyb kuzatilgani yo‘q. Faqat Angren shahrida momaqaldiroq, Qamchiq dovonida biroz yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatildi. Eng kuchli shamollar esa Qoraqalpog‘istonning Jasliq hududida kuzatildi — bu yerda shamol tezligi soniyasiga 20 metrga yetdi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar