Главная » 2016 » Август » 22

O‘zbekistonda 23-avgust kuni havo harorati +35…+38 daraja issiq bo‘ladi


  • Pro_eXclusive
  • 22 Авг 2016(17:22)
  • 130
  • 0
O‘zbekistonda 23-avgust, chorshanba kuni quruq va issiq iqlim sharoiti saqlanib qoladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda. Xabar berishlaricha, seshanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +10…+15 daraja, Toshkent shahrida +18…+20 daraja, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +20…+25 daraja, qolgan barcha hududlarda +23 darajagacha iliq bo‘ladi. 23-avgust kuni kunduzi esa mamlakatning tog‘li joylarida havo harorati +20…+25 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Toshkent shahrida +35 darajagacha, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +36 darajagacha, qolgan barcha hududlarda +38 darajagacha issiq bo‘ladi. “O‘zgidromet” axborotiga ko‘ra, 23-avgustga o‘tar kechasi va 23-avgust kuni kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida shamolning tezligi kuchayib, soniyasiga 15—20 metrni tashkil etishi mumkin. Ma’lumot uchun, 21-avgust kuni O‘zbekiston hududidagi eng kuchli shamollar Qoraqalpog‘istonning Jasliq hududida qayd etilgan, u yerda shamolning tezligi soniyasiga 25 metrga yetgan edi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar