Главная » 2016 » Август » 23

O‘zbekistonda elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i tashkil etiladi


  • Pro_eXclusive
  • 23 Авг 2016(11:33)
  • 132
  • 0
O‘zbekiston hukumati elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror (pdf) qabul qildi, deb yozadi “Infocom.uz”. Tarmoq elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoraviy va idoralararo axborot tizimlari va axborot resurslari hamda elektron hukumat markaziy ma’lumotlar bazalarining o‘zaro hamkorligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida tashkil etiladi. Hujjatga muvofiq, idoralararo tarmoq 2017-yil 1-yanvardan boshlab ishga tushiriladi. Idoralararo tarmoqning operatori etib “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi belgilandi. “O‘zbektelekom” zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida idoralararo tarmoqni tashkil etib, uning uzluksiz ishlashini va yanada rivojlantirilishini ta’minlashi kerak. Kompaniya, shuningdek, idoralararo tarmoq orqali o‘zaro elektron hamkorlikni amalga oshirishda axborot xavfsizligini va ma’lumotlar himoya qilinishini ta’minlaydi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar