Главная » 2016 » Март » 15

O‘zbekistonda topilgan dinozavr qoldiqlari tirannozavr jumbog‘ini yechadi


  • News
  • 15 Мар 2016(17:23)
  • 536
  • 0
O‘zbekistonda topilgan kichik dinozavr qoldiqlari olimlarga Yer tarixidagi eng yirik yirtqichlardan biri — tirannozavr qanday evolyutsiya qilganini tushunishga yordam berishi mumkin. Amerika, Britaniya va Rossiya olimlarining tadqiqotlari natijalari Proceedings of the National Academy of Sciences nashrida e’lon qilindi.

Yirtqich dinozavrlar oilasi — tirannozavridga kirgan tirannozavrlar va albertozavrlar yuqori bo‘r davri (taxminan 80—66 million yil avval)da Osiyo va Shimoliy Amerikadagi mintaqaviy ekotizimlarda tarqalgan edi. Ulkan hajmi va rivojlangan sezgilari sharofati bilan ular yuqori evolyutsion cho‘qqiga erishdi.

Shu paytgacha tirannozavridlar kichik tirannozavridlardan qanday evolyutsiya qilgani haqida kam narsa ma’lum edi, o‘rtada 20 million yildan ortiq oraliq yuzaga kelgan edi. Olimlarda bunday transformatsiyani tushuntirib berish uchun dalillar yo‘q edi.

Yangi tadqiqot ushbu vaqt oralig‘idagi tirannozavridning ilk namunalarini tavsiflab beradi, u Jaraquduq (Navoiy viloyati Qizilqum cho‘li)da aniqlangan 90—92 million yillik skeletning yaxshi saqlangan miya qutisi va boshqa ko‘plab elementlariga asoslangan.

Timurlengia euotica (T. euotica) deb nom berilgan dinozavr qoldiqlari tirannozavridlar o‘sha vaqtda ulkan hajmda bo‘lmaganini, biroq allaqachon nisbatan yirik miya va yaxshi eshitish qobiliyatiga ega bo‘lganini ko‘rsatdi.

Olimlar taxmin qilishicha, tirannozavridlar quyi bo‘r davrida nisbatan tezroq kattalashgan, ularning yirtqichlar orasidagi ustunligini esa rivojlangan miya va sezgilar bilan tushuntirish mumkin.

Теги: O‘zbekistonda topilgan dinozavr qol

Всего комментариев: 0
avatar