Главная » 2016 » Август » 18

O‘zbekistondagi Gree kompaniyasining Toshkentda ilk konferensiyasi bo‘lib o‘tdi


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(11:46)
  • 79
  • 0
16-avgust kuni poytaxtning Wyndham Tashkent mehmonxonasida dunyoda yetakchi sanalgan maishiy va sanoat texnikalari ishlab chiqaruvchi Gree kompaniyasining tanatanali tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirning rasmiy qismi avvalida kechani ochib berish uchun so‘z Gree kompaniyasini prezidenti Dun Minchjuga taqdim etildi. Dun Minchju Xitoydan to‘g‘ridan-to‘g‘ri videomurojaat orqali yig‘ilganlarga hamda o‘zbekistonlik hamkorlariga yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikdan mamnuniyati hamda minatdorchiligini izhor etib, hamkorlikning bardavom bo‘lishini tiladi. Tadbirda Gree kompaniyaini Osiyo va Yevropa mamlakatlari buyicha savdo departamenti boshlig‘i janob Stiv Jing ishtirok etdi. Shu o‘rinda qisqa vaqt bo‘lishiga qaramay kompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan erishgan yutuqlari haqida to‘xtalib o‘tish lozim.Bugungi kunga qadar 20 dan ortiq xodim Xitoydagi Gree zavodida, kompaniyaning xalqaro tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislari tomonidan o‘qitilib, bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lib qaytdi, respublikaning barcha nuqtalarida dilerlik nuqtalari tashkil etildi. Tadbirning tantanali qismida esa mehmonlar dasturxon atrofida o‘zbek estradasining yulduzlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Rashid Holiqov, Mavluda Asalxo‘jayeva, Rayhon G‘aniyeva hamda boshqa ko‘plab san’atkorlar ishtirokida gala-konsert tomosha qildi. Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar