Главная » 2016 » Август » 19

“O‘zbektelekom” Uzcloud bulutli data-markazni ishga tushiradi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(10:44)
  • 216
  • 0
“O‘zbektelekom” Milliy telekommunikatsiya operatori yangi Uzcloud ma’lumotlarga ishlov berish markazi loyihasini taqdim etdi, deb yozadi “Infocom.uz”. 18-avgust kuni O‘zbekiston Aloqa tarixi muzeyida ushbu voqeaga bag‘ishlangan birifing bo‘lib o‘tdi. Loyiha bo‘yicha Toshkent, Buxoro va Qo‘qonda Ma’lumotlarga ishlov berish va saqlash markazlarini yaratish ko‘zda tutilgan. Ayni paytda birinchi bosqich — Toshkentda Ma’lumotlarga ishlov berish va saqlash markazini yaratish — foydalanishga topshirish pallasida turibdi. Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad Ma’lumotlarga ishlov berish va saqlash markazi resurslariga nisbatan o‘sib borayotgan talabni qondirish, texnik imkoniyatlarni kengaytirish uchun sharoitlar yaratish, shuningdek, bulutli servislar asosida yangi xizmatlarni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Loyiha doirasida ActivePlatform dasturiy platformasi joriy qilindi, u bulutli biznesni boshqarish uchun mo‘ljallangan. Ayni paytda data-markaz 160 bleyd-serverlar, 1 petabaytlik omborxonaga ega bo‘lib, kelajakda serverlarni 10 petabaytgacha kengaytirish imkoniyatini taqdim etadi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar