Главная » 2016 » Сентябрь » 7

OAV: AQSh amerikalik mahbuslar ozod etilganidan so‘ng Eronga samolyotda 1,7 milliard dollar jo‘natgan


  • Pro_eXclusive
  • 07 Сен 2016(15:09)
  • 332
  • 0
AQSh rasmiylari amerikalik mahbuslar ozod etilganidan so‘ng Eronga samolyot orqali naqd ko‘rinishda jami 1,7 milliard dollar jo‘natdi. Bu haqda The Wall Street Journal manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda. Nashrga ko‘ra, Eronga yanvarda 400 million dollar berilganidan so‘ng ma’muriyat 19 kun mobaynida jami 1,3 milliard dollarga teng ikki jo‘natmani amalga oshirdi. Mazkur mablag‘ Tehronga Shveysariya franki, yevro va boshqa xorijiy valyutada taqdim etildi. Vashington mablag‘ to‘langanini inkor etmaydi, biroq rasmiylar bu 4 nafar amerikalikning Eron qamog‘idan ozod etilishi uchun to‘lov bo‘lmaganini bildirmoqda. Oq uy vakillarining ta’kidlashicha, gap Tehronga 1979-yilda AQSh qurol-yarog‘i uchun to‘langan pulning qaytarilishi haqida ketmoqda. O‘sha yili Eron shohi taxtdan ag‘darilgan, mamlakatning yangi rasmiylariga esa na pul, na qurol berilgandi.

Теги: 7 milliard dollar jo‘natgan, OAV: AQSh amerikalik mahbuslar ozod

Всего комментариев: 0
avatar