Главная » 2016 » Август » 18

OAV: AQSh xavfsizlik nuqtai nazaridan yadro qurolini Turkiyadan Ruminiyaga olib chiqadi


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(16:34)
  • 67
  • 0
AQSh Vashington va Anqara munosabatlarining yomonlashishi fonida Turkiyadagi yadro qurolini Ruminiyaga olib chiqishni boshladi. Bu haqda Euroactiv internet-nashri 18-avgust, payshanba kuni ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”. “Turkiyadagi harbiy to‘ntarishga urinishdan so‘ng ikki mamlakatning munosabatlari shunchalik yomonlashdiki, Vashington qurol saqlash masalasida Anqaraga ishonmay qo‘ydi. AQSh quroli Ruminiyadagi Deveselu bazasiga olib ketilmoqda”, – deyiladi xabarda. Ma’lum qilinishicha, qurolni tashishda katta texnik qiyinchilikka duch kelinmoqda. “20 ta yadro zaryadini bir joydan boshqa joyga olib o‘tish oson emas”, – deya ma’lum qildi ikkinchi manba.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar