Главная » 2015 » Октябрь » 3

OAV: GM Uzbekistan 8-oktabrda Moskvada Ravon brendi taqdimotini o‘tkazadi


  • News
  • 03 Окт 2015(19:27)
  • 645
  • 0
Moskvada 8-oktabr kuni Daewoo markasining “merosxo‘ri” hisoblangan yangi — Ravon avtomobil brendi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish joiz, GM Uzbekistan kompaniyasi O‘zbekiston bozorida shu vaqtgacha barcha avtomobillarni Chevrolet brendi ostida sotib kelayotgan bo‘lsa-da, asosiy eksport bozori — Rossiyada avtomobillarni Daewoo brendi bilan xaridorlarga taklif qilib kelayotgandi.

Biroq, Daewoo avtomobil markasining egasi — Daewoo International 2015-yil bahorida General Motors konserniga murojaat qilib, o‘z brendidan foydalanishni to‘xtatishni so‘raganidan so‘ng, GM Uzbekistan Rossiya agentliklaridan biriga yangi brendni ishlab chiqish bo‘yicha buyurtma bergan.

Yangi Ravon markasining o‘z logotipi bor, hozircha ishlamayotgan bo‘lsa-da, sayti ham ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Nexia, Gentra (Lacetti 2) va Spark’ning Ravon brendi bilan bezaklangan suratlari paydo bo‘lgandi.

Теги: OAV: GM Uzbekistan 8-oktabrda Moskv

Всего комментариев: 0
avatar