Главная » 2016 » Август » 21

OAV: Seuldan boshpana topgan Shimoliy koreyalik diplomat davlat mulkini talon-taroj etishda ayblangan


  • Pro_eXclusive
  • 21 Авг 2016(11:35)
  • 125
  • 0
Shu haftada Janubiy Koreya rasmiylaridan qochqin maqomini olgan KXDRning Londondagi elchixonasi xodimi Txe Yen Xo “jinoyatchi bo‘lgan”. Koreya markaziy telegraf agentligi 20-avgust, shanba kuni shunday rasmiy bayonot bilan chiqdi, deb xabar beradi “TASS”. “U davlat mulkini talon-taroj etishda fosh etilgan jinoyatchi edi va adolatli jazodan xavfsirab, qochib ketdi”, —deyiladi agentlik bayonotida. 17-avgust, chorshanba kuni Janubiy Koreya birlashish vazirligi KXDRning Londondagi elchixonasida ishlagan diplomatga qochqin maqomini bergani va u oilasi bilan Seulga yetib kelgani haqida ma’lum qildi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar