Главная » 2016 » Август » 21

OAV: Trampga qarashli AQShdagi kompaniyalar 650 mln dollar qarzdorlikka ega


  • Pro_eXclusive
  • 21 Авг 2016(11:33)
  • 129
  • 0
Milliarder Donald Trampga qarashli AQShdagi kompaniyalar umumiy hisobda kamida 650 million dollar qarzdorlikka ega. Bu haqda The New York Times gazetasining elektron ko‘rinishida 20-avgust, shanba“Saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp o‘zini milliardlab dollar ishlab topgan va hech kimning oldida majburiyati bo‘lmagan tadbirkor sifatida ko‘rsatishga harakat qildi. Biroq The New York Times tomonidan Trampning AQShdagi ko‘chmas mulki bilan bog‘liq moliyaviy holatlar o‘rganilishi unga tegishli kompaniyalar kamida 650 million dollar qarzdorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi. Bu raqamlar u prezidentlik poygasi chog‘ida e’lon qilgan hujjatlardagidan ko‘ra ikki barobar ko‘p”, — deyiladi maqolada. Maqolada, shuningdek, Trampning kompaniyalari xorijiy moliyaviy institutlar, jumladan, Xitoy bankidan kreditlar olgani da’vo qilinmoqda. Nashr milliarder oldinroq o‘zining asosiy raqibi Hillari Klintonni turmush o‘rtog‘i Bill Klinton tomonidan asos solingan xayriya jamg‘armasi chet ellik homiylardan ehson qabul qilgani uchun ayovsiz tanqid etganini eslatib o‘tdi. kuni e’lon qilingan maqolada ma’lum qilindi, deb xabar beradi “TASS”.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar