Главная » 2016 » Сентябрь » 8

Obama uni haqorat qilgan Filippin prezidenti bilan uchrashdi


  • Pro_eXclusive
  • 08 Сен 2016(16:38)
  • 465
  • 0
AQSh va Filippin prezidentlari Barak Obama hamda Rodrigo Duterte 7-sentabr, chorshanba kuni uchrashdi. deya xabar berdi “Kommersant”. Reuters manbalariga ko‘ra, ular qo‘l berib ko‘rishgan va muloqotda bo‘lgan. Filippin tashqi ishlar vaziri Perfekto Yasay “mazkur uchrashuv bo‘lib o‘tganidan juda mamnun ekanligi”ni bildirdi. Eslatib o‘tamiz, Filippin prezidenti Rodrigo Duterte 5-sentabr kuni Laosda o‘tadigan Sharqiy Osiyo sammiti arafasidagi matbuot anjumanida amerikalik hamkasbi Barak Obamani fohishaning o‘g‘li deb atab, unga inson huquqlari bo‘yicha maslahatlari bilan “har yerga burun tiqmaslik”ni maslahat berdi. Keyinroq Oq uy qoshidagi milliy xavfsizlik kengashi rasmiy vakili Ned Prays Barak Obama uni haqorat qilgan Filippin prezidenti bilan uchrashmasligini ma’lum qildi. Filippin prezidenti Rodrigo Duterte esa so‘zlaridan afsusda ekanligini aytdi.

Теги: Obama uni haqorat qilgan Filippin p

Всего комментариев: 0
avatar