Главная » 2016 » Сентябрь » 9

Ogayodagi 32 mln dollarga evaziga qurilgan “savat-bino”ga 5 mln dollarga ham xaridor topilmadi


  • Pro_eXclusive
  • 09 Сен 2016(14:01)
  • 664
  • 0
Ogayo shtatida (AQSh) savat ko‘rinishida qurilgan yetti qavatli ofis narxi 1,5 yil ichida 7,5 milliondan 5 million dollargacha kamaydi, biroq shunda ham xaridor topilmadi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda. Bino ko‘rinishi Longaberger savatlaridan biri shaklini aynan takrorlaydi (kompaniya shtab-kvartirasi shu yerda joylashgan). Qurilish 1997-yili yakunlangan va kompaniyaga taxminan 32 million dollarga tushgan. Sotuvga binoning haddan ziyod katta o‘lchamlari xalaqit bermoqda, uni xarid qilishni istagan kompaniyalardan hech biri ulkan “savat”ni to‘ldiradigan darajada xodimlarga ega emas. Undan tashqari, bino shahar chetida, noqulay hududda joylashgan. Kelgusida bino qariyalar uyi yoki koll-markazga aylanishi mumkin. Shuningdek, uning “tutqich”lari demontaj qilinishi va shu tariqa bino savatga o‘xshashlikdan xalos bo‘lishi mumkin. Hozircha esa u shtatning diqqatga sazovor va sayyohlar esdalik uchun suratga tushishni yoqtiradigan obyektlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Теги: Ogayodagi 32 mln dollarga evaziga q

Всего комментариев: 0
avatar