Главная » 2016 » Сентябрь » 14

Olimlar delfinlarda to‘la-to‘kis nutq shakllanganini aniqladi


  • Pro_eXclusive
  • 14 Сен 2016(11:21)
  • 262
  • 0
Qrimdagi Qoratog‘ tabiiy qo‘riqxonasi zoologlari delfinlar bir-biri bilan odamlarga o‘xshab gaplasha olishini aniqladi. Tadqiqotchilar kelajakda odam dengiz sut emizuvchilari bilan muloqot qila olishini taxmin etmoqda. Bu haqdagi maqola Mathematics and Physics jurnalida chop etildi. Delfinlar vizillash va hushtak tovushlari yordamida bir-biriga signallar yubora oladi. Shu tariqa ular “qardoshlari”ga o‘zining sog‘lig‘i yoki joylashgan joyi haqida xabar beradi. Ammo olimlar dengiz sut emizuvchilari, bundan tashqari, signallarni kombinatsiyalash, shuningdek, ularning davomiyligi va qaytalanish darajasini o‘zgartirish orqali so‘zning muqobillarini shakllantirib, ulardan gaplar yasay olishini ko‘rsatib berdi. Zoologlar basseynda yashaydigan Yasha va Yana laqabli ikkita Qora dengiz afalinlari o‘zaro signallar birikmalari yordamida muloqot qilayotganiga e’tibor qaratdi. Ushbu signallar fonemalar (nutqning alohida tovushlari) yoki butun bir so‘zlardan iborat bo‘lib chiqdi. Delfinlar navbatma-navbat vizillagan tovushlarni chiqaradi va bir-birini bo‘lmaydi. Tadqiqotchilar so‘zlariga ko‘ra, jonivorlarning tili insonning og‘zaki nutqiga monand xususiyatlarga ega. Yasha va Yana beshta so‘zdan iborat gaplarni tuza oaldi, biroq zoologlar ularning ma’nosini tushunib olganicha yo‘q. Olimlar endi odamlar va delfinlar o‘rtasidagi til baryerini olib tashlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazmoqchi, buning uchun dengiz sut emizuvchilari signallarini chiqaradigan maxsus qurilmalarni yaratish kerak.

Теги: Olimlar delfinlarda to‘la-to‘kis nu

Всего комментариев: 0
avatar