Главная » 2016 » Август » 24

Olimpiada medallari qayta ishlangan smartfonlardan yasaladi


  • Pro_eXclusive
  • 24 Авг 2016(09:38)
  • 256
  • 0
2020-yilgi Olimpiada texnologiyalar o‘chog‘i — Yaponiyada bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar olimpiya o‘yinlari uchun medallarni qayta ishlangan smartfon va boshqa elektronikadan yasash istagini bildirdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Nashr zarur miqdordagi mukofotlarni ishlab chiqarish uchun nechta telefon kerak bo‘lishini hisoblab chiqdi. Qariyb barcha elektron qurilmalar turli-tuman metallardan, shu jumladan, kumush yoki hatto oltindan tashkil topgan. Qimmatbaho elementlar, asosan, qurilmaning elektr simlar ulangan joylarida va elektron plato yo‘lakchalarida bo‘ladi. CHIP jurnali o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, bitta telefonda o‘rtacha 0,25 gramm kumush va bor-yo‘g‘i 0,024 gramm oltin bo‘ladi. Har bitta olimpiada uchun unikal medallar yaratiladi, ammo oltin medalning o‘rtacha og‘irligi 500 grammga teng. Biroq oltin uning faqat qoplamasida qo‘llaniladi va 6 grammni tashkil etadi, medalning ichi esa 494 gramm kumushdan iborat. Demak bitta mukofotni yasash uchun 2000 ga yaqin eski telefonni qayta ishlash kerak bo‘ladi. Musobaqalar uchun ko‘pi bilan 170 ta oltin medal tayyorlanadi. Shu tariqa, 340 mingta telefon qayta ishlansa, zarur miqdordagi oltin medal yasash uchun tilla olinadi. Kumush va bronza mukofotlar uchun esa bir necha millionta mobil qurilmalarni to‘plash kerak bo‘ladi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar