Главная » 2016 » Август » 22

Olimpiada. Tarixda ilk marta O‘zbekiston dunyoda 21, Osiyoda 4, MDHda 2, Markaziy Osiyoda 1-o‘rinda


  • Pro_eXclusive
  • 22 Авг 2016(09:38)
  • 276
  • 0
Rio—2016 Olimpiadasida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston delegatsiyasi jahon mamlakatlari orasida 21-o‘rinni egalladi. MDH mamlakatlari orasida O‘zbekiston Rossiya terma jamoasidan keyin 2-pog‘onani qo‘lga kiritdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida esa yetakchi bo‘ldi. Osiyo qit’asi davlatlari orasida O‘zbekiston delegatsiyasi doimiy yetakchilar hisoblangan Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyadan keyin to‘rtinchi natija qayd etdi. Olimpiadalardagi ishtirokini Atlanta—1996 dan boshlagan O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zining 25 yillik tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar