Главная » 2016 » Август » 19

Oliy Liga. “Lokomotiv” Osiyo Chempionlar Ligasi oldidan yirik g‘alabaga erishdi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(09:08)
  • 125
  • 0
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasida 19-turdan joy olgan uchta bellashuvga yakun yasaldi va har uch o‘yinda ham mezbonlar 4 tadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi davra Jizzaxda bo‘lib o‘tgan o‘yinda “So‘g‘diyona” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan “Lokomotiv”, o‘z maydonidagi javob o‘yinida raqibiga imkoniyat qoldirmadi — 4:1. Bellashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasidan chaqiruv qog‘ozi olmasa-da, Oliy Liga to‘purari bo‘lib turgan Temurxo‘ja Abduxoliqov dubl qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Toshkent viloyati derbisida “Metallurg” birinchi davradagi mag‘lubiyat alamini olib, “Olmaliq”ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Kunning so‘nggi o‘yinida “Qizilqum” liga debyutanti “Obod” ustidan 4:1 hisobida ustun keldi. Turning qolgan bellashuvlari ertaga — 19-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Oliy Ligasi 18-avgust, payshanba 19-tur bellashuvlari “Metallurg” — “Olmaliq” 4:2 Gollar: Temur Usmonov, 17 (0:1). Jahongir Abdumo‘minov, 37 (1:1). Zohid Abdullayev, 42 (2:1). Zohid Abdullayev, 45+1 (3:1). Ergash Ismoilov, 89 (4:1). Mo‘ydin Mamazulunov, 90 (4:2). “Lokomotiv” — “So‘g‘diyona” 4:1 Gollar: Sardor Mirzayev, 3 (1:0). Temurxo‘ja Abduxoliqov, 26 (2:0). Sanjar Shoahmedov, 61 (3:0). Sanjar Rashidov, 69 (3:1). Temurxo‘ja Abduxoliqov, 86-pen (4:1). “Qizilqum” — “Obod” 4:1 Gollar: Georgiy Kvesiyeshvili, 12 (1:0). Nemanya Yovanovich, 31 (2:0). Vohid Shodiyev, 63 (3:0). Jasur Hasanov, 70 (4:0). Shohruz Norxonov, 90+2 (4:1). 19-avgust, juma “Neftchi” — “Andijon” “Navbahor” — “Mash’al” “Buxoro” — “Qo‘qon—1912” “Bunyodkor” — “Sho‘rtan” “Nasaf” — “Paxtakor”

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar