Главная » 2016 » Август » 20

Oliy Liga. Milliy terma jamoaga eng futbolchi olingan amaldagi chempion “Paxtakor” yana yutqazib qo‘ydi


  • Pro_eXclusive
  • 20 Авг 2016(17:49)
  • 209
  • 0
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 19-turiga kelib mamlakatning amaldagi chempioni “Paxtakor” mavsumdagi oltinchi mag‘lubiyatini tan oldi. Qarshida “Nasaf” mehmoni bo‘lgan “paxtakorchilar” 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mag‘lubiyat “Paxtakor”ni turnir jadvalida 7-o‘ringa tushirib yubordi. “Andijon” klubi 19-turga kelib mavsumdagi ilk safar g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bunga qadar mehmonda to‘p surgan andijonlik futbolchilar birorta o‘yinda durang ham qayd etmasdan, hammasida imkoniyatni boy bergandi. Oliy Liga. “Lokomotiv” Osiyo Chempionlar Ligasi oldidan yirik g‘alabaga erishdi O‘zbekiston Oliy Ligasi 19-tur bellashuvlari 19-avgust, juma “Neftchi” — “Andijon” 1:2 Gollar: Farhod Bekmurotov, 8 (0:1). Shukurali Po‘latov, 19-avt (0:2). Mansur Saidov, 56 (1:2). “Navbahor” — “Mash’al” 3:2 Gollar: Humoyun Murtazoyev, 6 (0:1). Qahramon Mahamadjonov, 12 (1:1). Alisher Mahmudov, 16 (2:1). Mirzohid G‘ofurov, 54 (2:2). Qahramon Mahamadjonov, 75 (3:2). “Buxoro” — “Qo‘qon—1912” 3:1 Gollar: San’at Shixov, 22 (1:0). Bahodir Pardayev, 26-pen (2:0). Vadim Chemirtan, 71 (3:0). Doston Tursunov, 90 (3:1). “Bunyodkor” — “Sho‘rtan” 2:1 Gollar: Javlon Ibrohimov, 6 (1:0). Doston Hamdamov, 24 (2:0). Umar Eshmurodov, 44 (2:1). “Nasaf” — “Paxtakor” 2:1 Gollar: Jamshid Iskanderov, 23 (0:1). Igor Golban, 46 (1:1). Dragan Cheran, 76 (2:1).

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar