Главная » 2016 » Август » 22

“Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Bunyodkor” terma jamoaga o‘yinchi bergani uchun 20-turni boshqa sanada o‘tkazadi


  • Pro_eXclusive
  • 22 Авг 2016(17:33)
  • 157
  • 0
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 20-turidan joy olgan 3 ta bellashuv boshqa sanaga qoldirildi, deb xabar berdi PFL rasmiy sayti. Bunda gap “Paxtakor” — “Qizilqum”, “Olmaliq” — “Bunyodkor” va “Mash’al” — “Lokomotiv” o‘yinlari haqida bormoqda. Toshkent shahri klublari milliy terma jamoaga 3 va undan ko‘proq futbolchisini taqdim etgani uchun, tur o‘yinini boshqa sanaga ko‘chirishni so‘rab murojaat qilishga haqli edi. Bu holat reglamentning 4-band, 4.24-punktida ko‘rsatib o‘tilgan. 20-avgust sanasidan boshlangan O‘zbekiston milliy terma jamoasining yig‘ini uchun “Paxtakor”ning 6, “Lokomotiv”ning 4, “Bunyodkor”ning esa 3 nafar futbolchisini taklif qilingandi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar