Главная » 2016 » Август » 24

Pekin Olimpiadasida doping qo‘llagani fosh etilgan 15 nafar og‘ir atletikachi musobaqalardan vaqtincha chetlatildi


  • Pro_eXclusive
  • 24 Авг 2016(16:47)
  • 322
  • 0
15 nafar og‘ir atletikachi, jumladan, rossiyalik Hojimurod Akkayev va Dmitriy Lapikovning tahlillari Pekin—2008 Olimpiadasidagi doping namunalarini qayta tekshirish chog‘ida ijobiy natijani ko‘rsatdi. Bu haqda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”. Pekindagi o‘yinlar bronza medallari sovrindori bo‘lgan Akkayev va Lapikov musobaqalarda ishtirok etishdan vaqtincha chetlatildi. 13 nafar boshqa og‘ir atletikachilarga nisbatan ham shunday qaror qabul qilindi. Ular orasida Qozog‘istondan to‘rt, Belarus va Xitoydan uch, Ukrainadan ikki, Ozarbayjondan bir nafar sportchi bor.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar