Главная » 2016 » Август » 18

Povetkinning advokati rossiyalik bokschining diskvalifikatsiya qilingani haqidagi xabarni rad etdi


  • Pro_eXclusive
  • 18 Авг 2016(09:39)
  • 67
  • 0
Jahon boks kengashi rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkinga nisbatan hech qanday cheklovlarni qo‘llagani yo‘q, u shunchaki unga nisbatan tekshiruvni yakunladi. Bu haqda sportchining advokati Aleksey Karpenko ma’lum qildi, deb yozadi “Vedomosti”. “Uning diskvalifikatsiya qilingani haqidagi xabar qayerdan paydo bo‘lganini bilmayman. WBC Povetkinga nisbatan surishtiruvni yakunladi, u diskvalifikatsiya qilinmadi. Bokschi Uaylder jarohat olgani tufayli, Povetkin Bermeyn Stivern bilan jang o‘tkazadi. Agar Povetkinning qon namunasida yana meldoniy aniqlansa, o‘shanda u diskvalifikatsiya qilinadi”, — deya aniqlik kiritdi advokat. Eslatib o‘tamiz, Uaylder 21-may kuni rossiyalik Aleksandr Povetkin bilan jang o‘tkazishi rejalashtirilgandi, biroq rossiyalik bokschining organizmida meldoniy qoldiqlari aniqlangani uchun jang noma’lum muddatga qoldirildi. WBC Povetkinga nisbatan tergov ishi davom etguniga qadar Deontey Ualderga o‘z titulini ixtiyoriy ravishda himoya qilish huquqini berdi. Avvalroq rossiyalik bokschining “B” doping namunasida 72 nanogramm, “A” namunasida 70 nanogramm meldoniy borligi aniqlangan edi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar