Главная » 2016 » Сентябрь » 16

Qo‘shiqchi Adel gastrollardan o‘n yilga voz kechadi


  • Pro_eXclusive
  • 16 Сен 2016(12:49)
  • 349
  • 0
Britaniyalik qo‘shiqchi Adel yaqin o‘n yil ichida gastrollardan bosh tortishi mumkin. Bu haqda The Sun o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. Bunga asosiy sabab o‘g‘li Anjelo bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish istagidir. “Adel Anjelo hayotidagi birorta ham lahzani o‘tkazib yuborishni istamaydi, o‘g‘li tufayli turnedan voz kechish esa uning uchun oson qaror bo‘lmadi”, — dedi manba. Bundan tashqari, xonandaning o‘zi ham gastrollar uning uchun qiyin kechishini tan oldi. “Turne chog‘ida o‘zimni noqulay his qilaman, chunki men uy qiziman”, — degan edi Adel 10-sentabr kuni Filadelfiyadagi konsertida. Qo‘shiqchi ayni paytda “25” nomli albomiga bag‘ishlangan dunyo bo‘ylab katta gastrol safarida bo‘lib turibdi, hamma joyga o‘g‘li bilan birga bormoqda. Ammo 2017-yilda Anjelo maktabga boradi va dunyo bo‘ylab bemalol yura olmaydi. Xonanda Las-Vegasda doimiy shou uyushtirishni rejalashtirmoqda, bu Adelga o‘z oilasiga doimiy safarlar bilan og‘irlik tushirmasdan kuylash imkonini beradi. Biroq bu loyiha bir necha yillardan keyingina amalga oshiriladi.

Теги: Qo‘shiqchi Adel gastrollardan o‘n y

Всего комментариев: 0
avatar