Главная » 2016 » Август » 22

Qodirov Chechenistonning Nojay-Yurt tumanidagi bolalarga 700 ta velosiped sovg‘a qildi


  • Pro_eXclusive
  • 22 Авг 2016(09:24)
  • 116
  • 0
Checheniston rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Ramzan Qodirov respublikaning Nojay-Yurt tumanidagi bolalarga 700 dan ortiq velosiped hadya qildi, deb yozadi “TASS”. Sovg‘alar respublikaning birinchi prezidenti Ahmad Qodirov nomidagi mintaqaviy jamoatchilik fondidan kelib tushdi. Aksiya Ahmadhoji Qodirovning tavallud kuniga bag‘ishlangan “Benoyevskiy bahori — 2016” festivali doirasida o‘tkazildi. “Bolalar, sizning tinch kelajagingiz uchun halok bo‘lganlarning barchasini duo qiling, yaxshi o‘qing, sport bilan shug‘ullaning. Siz — respublikamiz kelajagisiz”, — dedi Qodirov bolalarga yuzlanib. “Benoyevskiy bahori” festivali har yili o‘tkaziladi. 2015-yilda velosipedlar 500 nafar bolaga hadya qilingandi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar