Главная » 2016 » Август » 20

Qrim Poroshenko va Bayden uchun muloqot mavzusiga aylandi


  • Pro_eXclusive
  • 20 Авг 2016(15:54)
  • 58
  • 0
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko va AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden telefon orqali suhbat doirasida Qrim avtonom respublikasi va Donbass ma’muriy chegarasidagi xavfsizlik holatini muhokama qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. “Suhbatdoshlar Qrimni istilo etish rejimini to‘xtatish maqsadida siyosiy-diplomatik harakatlarning muhimligini ta’kidladi”, — deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida. AQSh vitse-prezidenti, shuningdek, bundan keyin ham AQSh Qrimning bosib olinishini tan olinmasligiga rioya etishini ta’kidlab o‘tdi. Avvalroq Qrim bilan chegaradosh hududlarda jamoat tartibini saqlash maqsadida sentabrdan aksilterrorchilik operatsiyalarining sobiq qatnashchilaridan iborat jamoatchilik sheriflari yangi kontingenti ishga tushishi ma’lum qilingan edi.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar