Главная » 2016 » Апрель » 3

Rim papasi Nyu-Yorkda harakatlangan avtomobil auksionda 300 ming dollarga sotildi


  • voydodaxek
  • 03 Апр 2016(13:12)
  • 602
  • 0

Rim papasi Fransisk o‘tgan yil sentabr oyida  chog‘ida AQShga tashrifi chog‘ida Nyu-Yorkda harakatlangan Fiat 500 avtomobili auksionda 300 ming dollarga sotildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Rai News 24 ma’lumotlariga ko‘ra, mashina Nyu-York arxiyeparxiyasi tomonidan sotuvga qo‘yilgan bo‘lib, undan tushgan mablag‘ katolik maktablari ehtiyoji va boshqa xayriya maqsadlariga ishlatiladi. Avtomobilni sotib olgan xaridor Nyu-York arxiyepiskopi kardinal Timoti Dolan bilan shaxsan uchrashishi mumkinligi bildirilgan.

Mutaxassislar avval foydalanishda bo‘lgan Fiat 500 ning yakuniy narxi uning bozor bahosidan 10 barobar oshiq bo‘lganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rim papasining AQShga uyushtirgan ilk tashrifi davomida rasmiy “papamobil” sifatida foydalanilgan Fiat 500L avtomobili Filadelfiyada 82 ming dollarga sotilgani xabar berilgandi.

Теги: Rim papasi Nyu-Yorkda harakatlangan

Всего комментариев: 0
avatar